230206, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Beruniy tumani,
“Oltinsoy” Qishloq Fuqarolar yig’ini (QFY).
Quyi Amudaryo Davlat Biosfera rezervati

+ (998 97) 220-95-20

+ (998 61) 601-38-46

Tashrif buyurish shartlari

Copyright: Maria Gritsina

Copyright: Tursunov Shukhrat

Biosfera rezervatiga yakka holda yoki guruh tarkibida kelish mumkin. Guruh bo’lib kelinadigan bo’lsa biosfera rezervati ma’muriyati bilan tashrif sanasini oldindan kelishib olish lozimdir. Ekskursiya turlari pulli, belgilangan tannarxlar bo’yicha. Biosfera rezervati xodimi olib yurishi ko’zda tutilgan.

Tashrif mavsumini belgilash. Eng qulay ob-havo sharoitlari bahor va kuzda bo’ladi. Ammo, bahor fasli buxoro bug’ulari va boshqa hayvonlarning bolalashi, qushlarning tuxum bosish davriga to’g’ri keladi. Bu vaqtda hayvonlarni ortiqcha bezovta qilish o’rinli emas. Bahorda hayvonlarning ehtiyotkorligi ortishi sababli tabiat qo’ynida ularni kuzatish imkoni ham kamayadi. Agarda biosfera rezervatiga sentyabrning ikkinchi yarmida kelinadigan bo’lsa, erkak bug’ularning juftlashish vaqtidagi ovozlari-yaqin atrofga tarqaladigan kuchli o’kiriklarini eshitish baxtiga musharraf bo’lishingiz mumkin.  Bu davrda bug’ularda juftlashish boshlanadi va erkak bug’ular kuchli ovozda raqiblariga o’z huquqlarini namoyish qiladilar hamda urg’ochilarga shu yerdaliklarini bildiradilar. Lekin yozda to’qay o’rmonining hayotini uning barcha tarovati bilan zavqlanib tomosha qilish mumkin. Bu- daraxtlarning tarvaqaylab ketgan shox-shabbalari, butalar va o’tlarning xilma xillari, turfa qushlarning sayrashi hamda sanoqsiz hasharot turlarining shiddatli faoliyatidir. Biosfera rezervatiing tajribali xodimlari kuzatuvida fauna va floraning Qizil kitobga kirgan vakillarini suratga olish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin. 

Hozircha biosfera rezervatiga faqat bir kunga, tunashsiz kelsa bo’ladi. Oziq-ovqat va suvni o’zi bilan olib kelish lozim. Shuningdek, chiqindilarni solish uchun paketlar olib olish va o’zi bilan olib ketish kerak. Rezervatda binokllar berilishi mumkin, tayyorgarligi borlar otlardan foydalanishi mumkin. Har yili biosfera rezervatiga maktab o’quvchilari, talabalar, ilmiy xodimlar kelishadi. Sayyohlar, shu jumladan xorijiylari hozircha biosfera rezervatining kamnamo mehmonlaridir.