230206, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Beruniy tumani,
“Oltinsoy” Qishloq Fuqarolar yig’ini (QFY).
Quyi Amudaryo Davlat Biosfera rezervati

+ (998 97) 220-95-20

+ (998 61) 601-38-46

Noyob obyektlari

Chilpiq

Chilpiq

Chilpiq. Ibodat inshooti. Milodgacha II-IV asrlar., miloddan keyingi IX-XI asrlar.

Chilpiq (Shilpiq, Chilpiq-qal’a) yoshi 2200 yildan ortiq, kesik konus shaklida loy-tuproqdan bunyod qilingan tepalik hisoblanadi. U Nukus shahridan janubda, 43 km masofada Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan. Nukus-Beruniy avtotrassasidan yaqqol ko’rinadi. Daxmiy Chilpiqdan qadimda zadushtiylar urf-odati bo’yicha murdalarni minora ichida yovvoyi qushlarga yem uchun qoldiriladigan joy hisoblangan. Keyinchalik suyak qoldiqlari yerga ko’milgan. Zardushtiylar ushbu dafn etish usuli jasad qoldiqlari bilan yerni zararlantirishni taqiqlaganlar. IX-XI asrlarda Chilpiqdan dushman kelishidan xabar beruvchi minora sifatida foydalanilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgach Chilpiq Qoraqalpog’iston Respublikasi uchun muhim milliy timsoliga aylandi va respublikaning boy tarixiy o’tmishini eslatuvchi yodgorlik sifatida milliy gerbga joylashtirilgan.

Janpiq-Qal’aCopyright: Umida Abdurazakova

Janpiq-Qal’aCopyright: Tursunov Shukhrat

 

Janpiq-Qal’a. Qadimgi shahar, milodgacha IX-XI asrlar., milodiy XIII-XIV asrlar.

Janpiq-Qal’a Qoratov poselkasidan 6 km janubi-sharqda, Sulton Uvays tizmasi janubi-g’arbiy tarmog’ida joylashgan. Amudaryo o’ng qirg’oq qismining xushmanzara obidalaridan hisoblanadi. Biosfera reservatining shimoliy qismiga zich yondoshadi.  Obidagacha Beruniy shahridan Aqtov poselkasi orqali to’g’ri yo’l bo’ylab masofa 51 km, asosiy asfalt trassa bo’yicha 77 km ni tashkil etadi.

Qadimgi manzilgoh rejasida murakkab shaklga ega. Sharqiy qismida to’g’ri burchakli ko’rinishdagi paxsa devorlardan iborat xarbiy inshoat saqlanib qolgan. Devorlar zich yarim ustunlar bilan bezatilgan va tepalari juft-juft bo’lib, zinasimon ravoq bilan tugaydi. Arxeologik qazishmalar qadimgi manzilgoh xronologiyasini aniqlashtirish imkonini berdi.  Eng qadimgi sopollar milodgacha IV asr, - milodiy I asr ga tegishli. Oxirgi obod bo’lish sanasi 1319-1320-yillar va 1345-1346 yillar tangalari bilan aniqlanadi. Qazish ishlarida ilgari Sharq va G’abning turli davlatlaridan (Xitoy, Misr, Rossiya, Yevropa, Hindiston) keltirilgan ko’plab topilmalar aniqlangan. Qadimgi shahar o’rta asrlarda port shahri bo’lib xizmat qilgan. Janpiq-Qal’aning chekkasidan biosfera rezervatining bepoyon kengliklarini ko’rish mumkin.

Gyaur-qal’a qadimiy shahri. Miloddan avvalgi II - IV asrlar

Gyaur-qal’a qadimiy shahri Sulton Uvays tizmasidan 1,5 km janubda, Qoratov poselkasining janubi-sharqiy chekkasida, Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan. Beruniy shahridan 63 km, Nukus shahridan 81 km masofada joylashgan. Gyaur-qal’a Amudaryoning o’ng qirg’og’idan atigi 80 metr masofada joylashgan va biosfera reservati bufer zonasining shimoliy chekkasiga tutashgan.

Gyaur-qal’a nomi ehtimol bu yerlarga arablarning kelishi bilan bog’liqdir. Ular barcha musulmon bo’lmaganlarni “geuxirlar” deb atashgan. Vaqt o’tganidan so’ng bu so’z “Gyaur” deb aytiladigan bo’lgan. Ushbu qal’ani qurishdan maqsad Xorazmning janubiy chegaralarigi o’tishda Amudaryoning muhim savdo yo’llarini qo’riqlash va nazorat qilish bo’lgan.  O’sha vaqtda sharqda Hindistongacha, g’arbda Qora dengizgacha, janubi-g’arbda Eron va Messopotamiyagacha cho’zilgan savdo yo’lida Xorazm muhim bog’lovchi xalqa bo’lganini isbotlash uchun dalillar yetarlidir. Qal’adan Kushon imperiyasining tanazzuligacha, milodiy III asrgacha foydalanilgan.

Qadimgi shahar chizmasida shimoldan janubga qarab cho’zilgan shaklga ega. Qal’ani shimoliy devori uzunligi 20 metr, sharqiy qismida devor janubga 50 metrga chekinadi va birlamchi yo’nalishda 50 metr davom etadi. Sharqiy devori uzunligi 450 metr, janubiy qismini Amudaryo yuvib yuborgan g’arbiy devori 400 metr uzunlikda saqlangan va qirg’oq bo’ylab cho’zilgan.  Qadimgi shaharcha qal’a devorlari bilan o’ralgan. Devorlarda o’qchilar uchun ikki qavatli tor yo’lak va maxsus o’yilgan ikki qator tuynuklari bo’lgan. Devor bir biridan 20 metr masofada joylashgan minoralar bilan kuchaytirilgan.

Janpiq-qal’a yaqinidagi xabarchi minorasi (Quyonchiq-soy). X asr- XIII asr boshlari

Minora Qoratov poselkasidan 4 kilometr janubdagi Quyonchiq tepaligida, Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan.  Minora bo’yi 8 metrdan ortiqroq holda saqlangan. U xom g’ishtdan, tarkibida mayda shag’ali ko’p bo’lgan loyli qorishma ishlatib qurilgan. Vazifasiga ko’ra minora Janpiq-qal’a o’rnidagi aholi manzilgohi bilan bog’langandir.

Sulton Uvays bobo maqbarasi, milodiy XIV asr

Sulton Uvays bobo maqbarasi ma’muriy jihatdan so’fiy avliyo nomi berilgan Sulton Uvays tog’ zanjirining janubiy etagida joylashgan. Maqbara katta-katta sag’analar va qabriston bilan o’ralgan. Maqbaraga Nukus-Beruni bosh avtotrassasi bilan borish mumkin. Beruniy shahridan 34 km va Nukus shahridan 110 km masofada joylashgan.

Sulton Bobo yoki Sultan Uvays islom olamida Sulton Uvays- al -Qoroniy nomi bilan keng tanilgan. Uning to’liq ismi Amir Sauddin Uvays bin al-Qorani bo’lib, Yamandagi Qaran qishlog’idan kelib chiqqan oddiy tuya boqadigan cho’pon bo’lgan. U payg’ambar Muhammad (s.a.v.) ning zamondoshi bo’lgan va ayrim islom doiralari ichida Islom sufiylik harakatining asoschilaridan hisoblanadi.

Ilk islom manbalarining ta’kidlashicha, Yamanda yashaba turib, Uvays al-Qoraniy payg’ambar ta’limotini o’rgangan va taqvodor musulmon bo’lgan. Uning Madinaga borib payg’ambar Muhammad (s.a.v.) bilan uchrashish istagi juda kuchli bo’lgan. Ammo uning ko’zlari ko’rmaydigan onasi Uvaysga payg’ambarning uyiga yetib olishi bilan tezda orqaga qaytishi sharti bilan borishiga ruxsat beradi. Uch oylik yo’l bosib u Madinaga yetib keladi, lekin payg’ambarni uyida topolmaydi. Ahdiga vafo qilib, Sulton Uvays darhol Yamanga qaytib ketadi.

Sulton Uvays payg’ambar bilan uchrashmagan bo’lsada, doim sarvari koinotning tushlariga kirardi. Payg’ambar Muhammad(s.a.v.) ko’pincha “Men yaratganning Yamandan keladigan nafasini sezib turaman” deb aytardi. Payg’ambar Muhammad(s.a.v.) o’limidan oldin, 632-yilda ikki eng yaqin safdoshlari Umar (keyinroq ikkinchi xalifa bo’lgan) va Aliga (payg’ambarning qizi Fotimaning eri) Yamanda yashaydigan Uvaysga cho’ponlarini berib qo’yishni vasiyat qilganlar.

Bu xodisa Uvays al-Qoroniyni islomda ma’naviy kamolotiga sabab bo’ldi. Uni, maxsus ta’lim olmaganiga qaramay, g’oyibdan, asosan tush yordamida ilm olib kamolotga yetganligi uchun Uvaysiy deb nom berilgan. Muxlislari avliyo deb tan olishgan va hozirgacha izzat qiladilar. Uvays al-Qoroniy bizning o’lkalarga kelmagan va uning maqbaradagi qabri ramziy hisoblanadi.

Qiyot qadimiy shahri.  XII-XIV asrlar.

Qadimiy shahar qal’asi devorlari qoldiqlari Beruniy shahrining janubi-g’arbiy chekkasida joylashgan. Amudaryodan 4 km masofada va bisfera reservatining janubi-g’arbiy bufer zonasiga tutashadi.

Obidaning maydoni 44 gektardan ortiqroq.  Qadimiy shahar to’rt buchak shaklga ega, uning janubi-g’arbiy burchagida harbiy inshoot bo’lgan. Hozirgi vaqtga kelib shaharning mudofaa qurilmalaridan g’arbiy va janubiy devorlarning alohida qismlari, shuningdek, yarimoval shakldagi minoralar izlari saqlanib qolgan. Qadimiy shaharni ufqning tomonlariga mos keluvchi to’rtta darvozasi bo’lgan. Devorlaridan tashqar shahar atrofi kengligi 5-6 metr bo’lgan xandaq bilan mustahkamlangan.

Xorazmning ilk o’rta asr poytaxt shaharlaridan biri Qiyot bo’lgan. Shahar Xorazmdan Movarounnahrga bo’lgan karvon yo’li ustida turgan. Shaharning ko’p asrlik tarixi bo’yicha ma’lumotlarni o’rta asr mualliflaridan topish mumkin. Birinchi navbatda ular qatoriga At-Tabari va Belazuri, Al-Istaxri, Ibn-Xaukal, Maqdisilar kiradi. Ushbu mualliflar qo’lyozmalarida Xorazm poytaxtining bir necha nomlari qayd etiladi: Al-Fir, Fil, Xorazm, Kat va Qiyot.

Hozirda devor qoldiqlariga asfalt yo’l o’tkazilgan, mevali va manzarali daraxtlar o’tkazilgan. Shuningdek, bir necha yil oldin Al-Beruniyga yodgorlik o’rnatilgan.