230206, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Beruniy tumani,
“Oltinsoy” Qishloq Fuqarolar yig’ini (QFY).
Quyi Amudaryo Davlat Biosfera rezervati

+ (998 97) 220-95-20

+ (998 61) 601-38-46

O’zini tutish qoidalari

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati bo'ylab ekskursiyaFoto: Elena Kan

 

Biosfera rezervatiga kelib, o’zini tutish qoidalari bilan tanishing va tabiatni muhofaza qilishga ko’mak beradigan murakkab bo’lmagan cheklovlarga amal qiling. Ushbu qoidalarga amal qilib o’zingiz uchun boshqacha dunyoni kashf etasiz va ko’plab yoqimli taassurotlar olasiz.

•  Biosfera rezervati hududi bo’yicha harakatlanish faqatgina tashkil qilingan guruhlar bilan va rezervat xodimining hamrohligida amalga oshirilishi lozimdir.

 •  Faqatgina mavjud marshrutlar bo’yicha harakatlanish kerak.

•  Chiqindilaringizni albatta o’zingiz bilan olib keting va biosfera rezervati hududiga hech narsa tashlamang. Hududga tashrifingiz uzoq muddatli bo’lsa kelayotganda chiqindilar uchun maxsus paket oling va uni o’zingiz bilan olib keting.

•  Gullarni yulmang, daraxtlarni sindirmang va po’stloqlariga zarar yetkazmang! Biosfera rezervati hududida barcha o’tlar, mevalar, qo’ziqorinlar va o’simliklarni terish taqiqlangan. O’simliklar, shuningdek, hayoti o’simliklar bilan uzviy bog’liq bo’lgan hayvonlar nafaqat sizni, balki sizdan keyin keladiganlarga ham zavq bag’ishlasin.

•  O’zingizni osoyishta tuting: hayvon va qushlarni cho’chitmang. Cho’chigan qush polaponlari bor uyasini tark etishi, hayvon esa o’zini tajovuzkorona tuta boshlashi mumkin.  Hayvonlarni uzoqroqdan, ularning hayotiga aralashmasdan kuzating.

•  Tabiiy suv havzalariga narsalar tashlamang va hech nars oqizmang, u yerda havzaning o’z hayoti rivojlanadi; unda yashovchilarni nobud qilmang.

•  Sizlar borgan va ko’rgan joylarning tabiatidan esdalik uchun faqatgina fotosuratlar oling. Agar sayr davomida biror hayvonni ko’rsangiz uni suratga tushirishingiz mumkin, ammo zinxor uni ta’qib qilmang.

•  Musiqa qo’ymang, yaxshisi o’zingiz ham, o’zgalarga ham tabiat musiqasi: qushlar sayrashi, barglar shitirlashi, suvning sharqirashini eshitishga imkon bering. Sukunatni saqlab siz ko’proq ko’rasiz va eshitasiz.