230206, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Beruniy tumani,
“Oltinsoy” Qishloq Fuqarolar yig’ini (QFY).
Quyi Amudaryo Davlat Biosfera rezervati

+ (998 97) 220-95-20

+ (998 61) 601-38-46

To‘qaylar haqida

To‘qaylar O‘rta va Markaziy Osiyoning qayir o‘rmonlari hisoblanadi. To‘qay o‘rmonlari cho‘l o‘rtasida hayotbaxsh oqar suv va saxiy quyosh tomonidan yaratilgan tabiat mo‘jizasidir. To‘qaylar Amudaryoning mavsumiy toshqinlari davrida suv bosadigan qirg‘oq bo‘yi hududlardagi -qayirlarning daraxt-buta o‘simliklaridan hosil bo‘lgan. To‘qay o‘simliklari Amudaryoning bahorgi toshqinlaridan so‘ng gullashni boshlaydi, yozgi daryo toshqinlaridan so‘ng esa ular urug‘larini tarqatadilar. Bu urug‘lar tuzlardan yuvilgan va daryoning unumdor, serloyqa yotqiziqlari bilan qoplangan tuproqqa tushadi hamda tezda unib chiqadi. Ming yillar davomida shunday davom etgan.

Batafsil